NIU

23. Kengash va majlislar

Qo'llanma · Hujjatlar

Sahifa: /councils

Kengash va majlislar
Kengash va majlislar
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Yangi majlisMajlis rejalashtirish: kengash, sana-vaqt, ishtirokchilar, kun tartibi.
2Ko'rsatkichlarRejalashtirilgan, bugungi majlislar, qarorlar soni, bajarilishi kechikkan qarorlar.
3KalendarMajlis bor kunlar belgilangan. Kunga bosilsa, o'sha kun majlislari chiqadi.
4QidiruvMajlis nomi yoki mavzu bo'yicha.
5FiltrlarKengash/komissiya va status.
6Majlis nomiBosilsa, majlis sahifasi: kun tartibi, bayonnoma, qarorlar va ularning ijrosi.
7BayonnomaBor / Yo'q — bayonnoma yuklanganmi.
8StatusRejalashtirilgan → O'tkazildi / Bekor qilindi. "Muhim" — alohida belgilangan.
9AmallarKo'rish, bayonnoma yuklash, qaror qo'shish.

Eslatma: Majlis o'tkazilgach, kotib bayonnomani yuklab, har bir qaror uchun mas'ul va muddat belgilaydi. Qarorlar mas'ul xodimning "Vazifalarim" ro'yxatiga tushadi.

Majlis va qaror holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
RejalashtirilganKo'kMajlis belgilangan, hali o'tkazilmagan.
MuhimTo'q sariqAlohida belgilangan muhim majlis.
O'tkazildiYashilMajlis bo'lib o'tdi.
Bekor qilindiKulrangMajlis bekor qilingan.
Qaror: YangiKo'kQaror qabul qilindi, ijro boshlanmagan.
Qaror: JarayondaSariqMas'ul ijro qilmoqda.
Qaror: BajarildiYashilIjro tugadi.
Bajarilishi kechikkanQizilQaror muddati o'tgan — tizim o'zi hisoblaydi.

Kalendar ranglari: ko'k — bugun, yashil — majlis bor, sariq — muhim majlis, kulrang — bayonnoma mavjud. Bayonnoma ustuni: Bor / Yo'q.