Qo'llanma · Ma'lumot tahrirlash
Sahifa: /data-entry
Talaba, o'qituvchi va xodimlarning pasport ma'lumotlari, JSHSHIR va rasmi to'liq bo'lmasa, shu bo'lim orqali to'ldiriladi. Bu vaqtinchalik bo'lim — ma'lumotlar to'lgach yopiladi.

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Ogohlantirish | Bo'lim nima uchun ochilgani haqida izoh. |
| 2 | Hujjat skaneri | Pasport yoki ID kartani kameraga tutilsa, talaba avtomatik topiladi va ma'lumotlar o'qiladi. |
| 3 | Talabalar | Nechta talaba ma'lumoti to'liq. Bosilsa, to'ldirilmaganlar ro'yxati ochiladi. |
| 4 | O'qituvchilar | Xuddi shunday, o'qituvchilar uchun. |
| 5 | Xodimlar | Xuddi shunday, xodimlar uchun. |
| 6 | "To'liq" mezoni | Qaysi 13 ta maydon to'ldirilganda ma'lumot 100% hisoblanadi. |
"Ma'lumot tahrirlash" menyusidagi sahifalar: "Hujjat skaneri", "Umumiy holat" (shu sahifa), "Talabalar", "O'qituvchilar", "Xodimlar" — har birida to'ldirilmagan yozuvlar ro'yxati va to'liqlik foizi. Skaner uchun "Sozlamalar → Skaner stansiyalari" da kamera/skaner ro'yxatga olinadi.