Qo'llanma · Kundalik ish
Sahifa: /messages
"Xabarlar" bo'limi — talaba, ota-ona va boshqa xodimlar bilan tizim ichida yozishish. Bu oddiy chat emas: har bir suhbatning mas'ul xodimi, bo'limi, holati, muhimligi va javob berish muddati bor. Barcha yozishmalar saqlanib qoladi, shuning uchun rasmiy savol-javoblarni shu yerda olib borish qulay. Sahifa uch ustundan iborat: chapda suhbatlar ro'yxati, o'rtada tanlangan suhbat, o'ngda suhbat haqida ma'lumot.
Sahifa: /messages

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Suhbat qidirish | Ism bo'yicha suhbatni topish. Yonidagi belgi — ro'yxat uchun kengaytirilgan filtr (5.6-bo'lim). |
| 2 | Filtr tugmalari (tablar) | Barchasi / O'qilmagan / Mening suhbatlarim / Yopilgan. Yonidagi raqam — shu guruhdagi suhbatlar soni. |
| 3 | Suhbatlar ro'yxati | Har bir qatorda: ism, kim ekani (Talaba / Ota-ona / Xodim / Guruh), oxirgi xabar va vaqti. Bosilsa, suhbat o'rtada ochiladi (5.2). |
| 4 | Suhbat maydoni | Hech narsa tanlanmaganda "Suhbat tanlang" yozuvi va "Yangi suhbat boshlash" tugmasi turadi. |
| 5 | Yangi suhbat | Yangi shaxs yoki guruh bilan yozishishni boshlash (5.7). |
| 6 | Ko'rsatkichlar | O'qilmagan xabarlar, bugungi javoblar va javob muddati o'tgan suhbatlar soni. |
| 7 | Filtrlar | Bo'lim, holat, prioritet, sana, kanal va mas'ul bo'yicha saralash paneli (5.6). |
| 8 | Eksport | Suhbatlar ro'yxatini faylga yuklab olish. |
Sahifa: /messages
Ro'yxatdagi suhbatga bosilsa, o'rtada yozishmalar, o'ngda esa suhbat haqidagi to'liq ma'lumot va tezkor amallar chiqadi.

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Suhbatdosh | Ism, kim ekani (Talaba/Xodim/...), telefon va email. Ism ustiga bosilsa profili ochiladi. |
| 2 | Yo'naltirish | Suhbatni boshqa bo'lim yoki xodimga o'tkazish (5.4). |
| 3 | Yopish / Ochish | Suhbatni yakunlash. Yopilgan suhbatda tugma "Ochish" ga aylanadi — qayta ochish mumkin. |
| 4 | Uch nuqta (⋮) | Qo'shimcha amallar: kontakt ma'lumoti, suhbatda qidirish, prioritet, kutilmoqda (5.3). |
| 5 | Kelgan xabarlar | Chap tomonda, kulrang fonda. Yuqorida yuboruvchi ismi, pastda vaqti. |
| 6 | Sizning xabarlaringiz | O'ng tomonda, ko'k fonda. |
| 7 | Ikki qush (✓✓) belgisi | Xabar suhbatdosh tomonidan o'qilgan. Bitta qush — yetkazilgan, hali o'qilmagan. |
| 8 | Kanal tablari: Ichki xabar / Email | Xabar qaysi yo'l bilan ketishini tanlash. Ichki — ilova va tizim ichida; Email — suhbatdosh pochtasiga. |
| 9 | Yozish maydoni | Xabar matni. Enter — yuborish, Shift+Enter — yangi qator. |
| 10 | Fayl | Rasm, PDF, Word va boshqa fayl biriktirish. Yuborilgan fayllar keyin o'ng paneldagi "Fayllar" da ko'rinadi. |
| 11 | Ovoz | Ovozli xabar yozib yuborish (mikrofon ruxsati so'raladi). |
| 12 | Shablon | Tayyor matnlardan tanlash (5.5). |
| 13 | Emoji | Emoji paneli (5.5). |
| 14 | Yuborish | Xabarni jo'natish. Maydon bo'sh bo'lsa tugma xira (ishlamaydi). |
| 15 | Suhbat ma'lumotlari | Mas'ul bo'lim, Holat, Prioritet va Javob muddati. Qizil "6 kun 10 soat" — muddat shuncha o'tib ketgan. |
| 16 | Teglar | Suhbatga yorliq qo'yish (masalan, "imtihon", "jadval") — keyin filtrlashda qulay. "+ Teg qo'shish" (5.8), x — tegni olib tashlash. |
| 17 | Ishtirokchilar | Suhbatda kim bor: Ishtirokchi (talaba/xodim) va Operatorlar (javob beradigan xodimlar). |
| 18 | Tezkor amallar | Xodimga qo'ng'iroq qilish (telefon ilovasi ochiladi), Email yuborish, Suhbatni yopish. |
Sahifa: /messages

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Kontakt ma'lumoti | Suhbatdoshning turi, telefoni, emaili, bo'limi, holati va mas'ul xodimi bitta oynada (Rasm 12h). |
| 2 | Suhbatda qidirish | Yozishmalar ichida so'z bo'yicha qidirish qatori ochiladi. Esc — yopish. |
| 3 | Prioritet: Yuqori / O'rta / Past | Suhbat muhimligini o'zgartirish. O'ng panelda va ro'yxatda rang bilan ko'rinadi. |
| 4 | Kutilmoqda deb belgilash | Suhbatdoshdan javob kutilayotganini bildirish — bu vaqtda javob muddati (SLA) sizga hisoblanmaydi. |
Sahifa: /messages
Savol sizning bo'limingizga tegishli bo'lmasa (masalan, talaba to'lov haqida so'rasa, siz esa dekanat xodimi bo'lsangiz) — suhbatni tegishli bo'lim/xodimga yo'naltiring. Suhbat tarixi saqlanib qoladi.

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Joriy holat | Suhbat hozir qaysi bo'limda, holati va prioriteti. |
| 2 | Bo'lim * | Qaysi bo'limga yo'naltirish (majburiy). |
| 3 | Mas'ul xodim * | O'sha bo'limdan aniq xodim (majburiy). Bo'lim tanlangach ro'yxat shu bo'lim xodimlariga torayadi. |
| 4 | Prioritet * | Yangi mas'ul uchun muhimlik darajasi. |
| 5 | Javob muddati * | Yangi mas'ul qancha vaqtda javob berishi kerak: 4 / 8 / 24 / 48 soat. |
| 6 | Izoh * | Nima uchun yo'naltirilayotgani (majburiy, 500 belgigacha). Yangi mas'ul shu izohni ko'radi. |
| 7 | Talabaga yo'naltirish haqida xabar berish | Belgilangan bo'lsa, talabaga "Murojaatingiz boshqa bo'limga yo'naltirildi" degan bildirishnoma boradi. |
| 8 | Menda kuzatuvda qolsin | Belgilansa, suhbat sizning "Mening suhbatlarim" ro'yxatida ham qoladi (kuzatib borish uchun). |
| 9 | Yangi mas'ul | Tanlangan xodimning ismi, telefoni va emaili — tekshirish uchun. |
| 10 | Yo'naltirish | Tasdiqlash. Yangi mas'ulga bildirishnoma boradi. |
| 11 | Bekor qilish | Oynani o'zgarishsiz yopish. |
Sahifa: /messages

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Shablon kartochkasi | Bosilsa, matn yozish maydoniga tushadi. {{student_name}} kabi qavsdagi so'zlar avtomatik talaba ismi va boshqa ma'lumotlar bilan to'ldiriladi. |
| 2 | Bildirishnoma shablonlari | Shablonlar ro'yxati shu sahifada tahrirlanadi (Bildirishnomalar → Shablonlar). Oddiy xodim faqat foydalanadi. |
| 3 | Yopish (x) | Oynani yopish. |

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Emoji paneli | Bo'limlar: Yuzlar, Qo'llar, Yuraklar, Tabiat, Ovqat, Faoliyat, Narsalar, Belgilar. Bosilsa, matnga qo'shiladi. |
| 2 | Emoji tugmasi | Panelni ochish/yopish. Esc — yopish. |
Sahifa: /messages

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Filtrlar tugmasi | Panelni ochadi/yopadi. Filtr qo'yilgan bo'lsa tugma ko'k rangda turadi. |
| 2 | Bo'lim / Holat | Mas'ul bo'lim va suhbat holati (Ochiq / Kutilmoqda / Yopilgan). |
| 3 | Prioritet / Sana oralig'i | Muhimlik va oxirgi xabar sanasi. |
| 4 | Kanal / Mas'ul xodim | Ichki xabar / Email / Telegram; javob beruvchi xodim. |
| 5 | Belgilar | Faqat o'qilmagan; Javob muddati o'tgan; Fayl biriktirilgan. |
| 6 | Tozalash | Barcha filtrlarni bekor qilish. |
| 7 | Qo'llash | Filtrlarni ishga tushirish — ro'yxat qisqaradi. |
| 8 | Ro'yxat filtri belgisi | Chap ro'yxat ustidagi kichik belgi — shu panelning qisqa varianti. |
Sahifa: /messages

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Kim bilan: Talaba / Xodim / Guruh / Ota-ona | Suhbatdosh turini tanlang. "Guruh" — butun o'quv guruhiga bir vaqtda yozish. |
| 2 | Qidiruv | Ism, telefon yoki talaba ID bo'yicha. |
| 3 | Ro'yxat va katakchalar | Kerakli odamni belgilang. Bir nechtasini tanlash mumkin. |
| 4 | Barcha natijalar / Barchasini yuklash | Topilganlar soni; ro'yxat uzun bo'lsa qolganini yuklash. |
| 5 | Tanlanganlar | Kimlar tanlangani. "Barchasini tozalash" — hammasini olib tashlash. Har birining yonida x. |
| 6 | Suhbat turi | Individual — har bir tanlangan bilan alohida suhbat; Guruh suhbati — hammasi bitta suhbatda. |
| 7 | Mas'ul bo'lim (ixtiyoriy) | Suhbat qaysi bo'lim nomidan olib boriladi. |
| 8 | Boshlang'ich xabar (ixtiyoriy) | Birinchi xabar matni (500 belgigacha). Bo'sh qoldirilsa, suhbat bo'sh ochiladi. |
| 9 | Xabar kanallari | Ichki xabar (har doim), Email, Telegram — qo'shimcha kanallar bo'yicha ham yuborish. |
| 10 | Suhbat boshlash | Kamida bir kishi tanlanmaguncha tugma xira. |
| 11 | Bekor qilish | Oynani yopish. |
Sahifa: /messages

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | + Teg qo'shish | Yangi teg kiritish maydonini ochadi. |
| 2 | Teg nomi | Qisqa so'z yozing (masalan, "stipendiya"). |
| 3 | Qo'shish | Tegni saqlash. Bir suhbatga bir nechta teg qo'yish mumkin. |
| 4 | x (teg yonida) | Tegni olib tashlash. |
| 5 | Ishtirokchilar | Ishtirokchi — suhbatdosh; Operator — javob beradigan xodimlar. Yo'naltirilgan suhbatda yangi mas'ul ham operator bo'lib qo'shiladi. |

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Sarlavha | Suhbatdosh ismi. |
| 2 | Ma'lumotlar jadvali | Turi, telefon, email, mas'ul bo'lim, suhbat holati, mas'ul xodim. Faqat ko'rish uchun — o'zgartirilmaydi. |
| 3 | Yopish | Oynani yopish. |
| Holat | Rangi | Nimani bildiradi |
|---|---|---|
| Ochiq | Yashil | Faol suhbat — javob berish kerak. Javob muddati (SLA) hisoblanmoqda. |
| Kutilmoqda | Sariq | Siz javob berdingiz, suhbatdoshdan javob kutilmoqda. SLA to'xtab turadi. |
| Yopilgan | Kulrang | Suhbat yakunlangan. "Yopilgan" tabida turadi; "Ochish" bilan qayta ochiladi. |
| Holat | Rangi | Nimani bildiradi |
|---|---|---|
| Yuqori | Qizil | Birinchi navbatda javob bering. |
| O'rta | Sariq | Odatiy suhbat. |
| Past | Kulrang | Shoshilinch emas. |
| Holat | Rangi | Nimani bildiradi |
|---|---|---|
| Vaqtida javob berilgan | Yashil | Muddat ichida javob bergansiz. |
| Javob kutilmoqda | Sariq | Muddat hali o'tmagan, lekin javob berilmagan. |
| Muddat oshgan (masalan, "6 kun 10 soat") | Qizil | Javob muddati shuncha vaqtga o'tib ketgan. Bu ko'rsatkich bo'lim rahbariga hisobotda ko'rinadi. |
| Holat | Rangi | Nimani bildiradi |
|---|---|---|
| Ichki xabar | — | Tizim va mobil ilova ichidagi xabar (asosiy kanal). |
| — | Suhbatdosh pochtasiga ham yuboriladi. | |
| Telegram | — | Telegram orqali KELGAN suhbat. Telegramga yozib bo'lmaydi — javob ichki xabar yoki email bilan ketadi. |
| Talaba / Ota-ona / Xodim / Guruh | Rangli yorliq | Suhbatdosh kim ekani. |
| ✓ / ✓✓ | — | Yetkazildi / O'qildi. |
| Fayl yuborildi | — | Ro'yxatda oxirgi xabar fayl bo'lganini bildiradi. |
Eslatma: "Javob muddati o'tgan" ko'rsatkichi nolga teng bo'lishiga harakat qiling — talaba va ota-onalarning savollariga o'z vaqtida javob berish xizmat sifatining ko'rsatkichidir. Agar javob bera olmasangiz — suhbatni yo'naltiring (5.4), "Kutilmoqda" deb belgilang (5.3) yoki "Yopish" ni bosing.