NIU

21. Yotoqxona

Qo'llanma · Xo'jalik va xizmatlar

Sahifa: /dormitory

Yotoqxonaning hamma ishi bitta ekranda bajariladi: joylashtirish ham, bino-xona kiritish ham. Alohida "boshqaruv" tabi yo'q — qo'shish va tahrirlash tugmalari o'zi tegishli narsaning yonida turadi: binolar ro'yxati ostida "Bino qo'shish", qavatlar ostida "Qavat qo'shish", reja panjarasining oxirida "+ Xona" katagi, bino qatorida va xona panelida esa qalam belgisi.

Eslatma: Qo'shish va tahrirlash tugmalari faqat tegishli ruxsati bor xodimda ko'rinadi (dormitory.create / dormitory.update). Dekanat xodimida odatda faqat "Talaba joylashtirish" huquqi bo'ladi — u bu tugmalarni umuman ko'rmaydi.

21.1. Asosiy ekran

Sahifa: /dormitory

Yotoqxona — asosiy ekran
Yotoqxona — asosiy ekran
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1EksportYashovchilar va arizalar ro'yxatini faylga chiqarish.
2Talaba joylashtirishTalabani xonaga joylashtirish oynasini ochadi.
3Ko'rsatkichlarJami joylar, band joylar, bo'sh joylar, arizalar navbati va qarzdorlik summasi.
4FiltrlarBino, qavat, xona turi, jins va status bo'yicha.
5Filtrlarni tozalashBarcha filtrlarni bekor qiladi.
6Bino va qavat paneliChapdagi ro'yxat: binolar, ular ichida qavatlar.
7Bino qatoriBosilsa shu binoning rejasi ochiladi. O'ng chetida joylar soni.
8Qavat qatoriBosilsa shu qavat rejasi ko'rsatiladi. O'ng chetida xonalar soni.
9Qavat qo'shishBinoga yana bitta qavat qo'shadi va ekran darhol yangi qavatga o'tadi (21.6).
10Bino qo'shishYangi yotoqxona binosi formasini ochadi (21.4).
11Yo'l ko'rsatkichiHozir qaysi bino va qavatga qarayotganingiz.
12Ranglar izohiKatak ranglari nimani bildirishi.
13Sxema / Ro'yxatXonalarni katak (sxema) yoki jadval ko'rinishida ko'rish (21.2).
14JoylashuvKataklarni sudrab ko'chirish rejimini yoqadi (21.3).
15Xona katagiXona raqami va bandligi (masalan 4/4). Bosilsa o'ngda xona paneli ochiladi.
16+ Xona katagiPanjaraning oxiridagi bo'sh katak — shu qavatga yangi xona qo'shadi (21.5).
17Xona paneliTanlangan xona: bino/qavat, turi, jinsi, joylar, holati va maydoni.
18Qalam va ✕Qalam — xonani tahrirlash (21.5); ✕ — panelni yopish.
19Qo'shishShu xonaga talaba joylashtirish. Xona bo'sh bo'lsa panel o'rtasida "Talaba joylashtirish" tugmasi chiqadi.
20Yashovchi qatoriTalaba ismi, guruhi, nechanchi joyda yashashi va to'lov holati. Savat belgisi — xonadan chiqarish.

Xona holatlari (katak ranglari)

HolatRangiNimani bildiradi
Band (to'liq)YashilBarcha o'rinlar band (masalan 4/4).
Qisman bandSariqBo'sh o'rin bor (masalan 1/3).
Bo'shQizilHech kim yashamaydi.
Yopiq / ta'mirdaKulrangXona vaqtincha yopilgan — joylashtirib bo'lmaydi va joylari bo'sh deb sanalmaydi.
  1. 1Chapdan binoni, so'ng qavatni tanlang.
  2. 2Sxemadan kerakli xonani bosing — o'ngda xona paneli ochiladi.
  3. 3"Qo'shish" (19) yoki bo'sh xonadagi "Talaba joylashtirish" tugmasini bosing.
  4. 4Talabani qidirib tanlang, boshlanish sanasi va oylik to'lovni tasdiqlang.
  5. 5"Saqlash" — talaba ro'yxatga tushadi, xona bandligi va yuqoridagi ko'rsatkichlar darhol yangilanadi.

Diqqat: Bir talaba bir vaqtda faqat bitta xonada yashay oladi; band joyga ikkinchi talabani qo'yib bo'lmaydi va ta'mirdagi xonaga joylashtirish tugmasi o'chirilgan bo'ladi. Talabani chiqarish — yashovchi qatoridagi savat belgisi orqali; joy shu zahoti bo'shaydi.

Sahifa pastida arizalar navbati turadi — yotoqxonaga joy so'rab ariza bergan talabalar: talaba, guruh, bino, xona turi, ustuvorlik, ariza sanasi va status. Ustuvorlik ariza mazmunidan avtomatik chiqadi (yetim yoki nogironligi bor talabaga — Yuqori).

Ariza holatlari (navbat)

HolatRangiNimani bildiradi
KutilmoqdaSariqAriza ko'rib chiqilmoqda.
TasdiqlanganKo'kAriza ma'qullangan, joy ajratish kutilmoqda.
JoylashtirildiYashilTalaba xonaga joylashtirilgan.
Rad etildiQizilAriza rad qilingan.

21.2. "Ro'yxat" ko'rinishi

Sahifa: /dormitory

Sxema o'rniga jadval ko'rinishi — bir qavatdagi hamma xonani ustma-ust ko'rish qulay bo'lgan holatlar uchun.

Xonalar jadvali
Xonalar jadvali
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1SxemaKatak (reja) ko'rinishiga qaytadi.
2Ro'yxatJoriy ko'rinish — jadval.
3XonaXona raqami. Qatorga bosilsa o'ngda xona paneli ochiladi.
4Turi"3 o'rinlik", "4 o'rinlik" yoki xizmat katagi.
5JinsXona kimlar uchun: o'g'il bolalar, qizlar yoki belgilanmagan.
6BandBand/jami joylar.
7HolatBand (to'liq) / Qisman band / Bo'sh / Yopiq / ta'mirda.

21.3. "Joylashuv" — kataklarni sudrab ko'chirish

Sahifa: /dormitory

Reja panjarasidagi kataklarning o'rni mobil ilovadagi qavat rejasida ham xuddi shunday ko'rinadi. Joylashuvni o'zgartirish alohida rejim ortida: shunday qilinganki, oddiy ishlash paytida katakni tasodifan sudrab yuborib bo'lmaydi.

Joylashuvni tahrirlash rejimi
Joylashuvni tahrirlash rejimi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1JoylashuvRejimni yoqadigan tugma (sxema ko'rinishida turganda ko'rinadi).
2Bekor qilishO'zgarishlarni tashlab, rejimdan chiqadi.
3Joylashuvni saqlashYangi joylashuvni saqlaydi. Butun qavat bitta so'rovda yoziladi.
4Ko'rsatma"Xonani sudrab joyini o'zgartiring. Mobil ilovadagi qavat rejasi shu joylashuvni ko'rsatadi."
5Sudraladigan kataklarRejimda kataklar sudralishga tayyor: bosib turgan holda kerakli joyga olib boriladi.
  1. 1Binoni va qavatni tanlang, "Sxema" ko'rinishida turing.
  2. 2"Joylashuv" tugmasini bosing.
  3. 3Katakni bosib turgan holda kerakli joyga sudrang. Band katak ustiga tashlansa, ikkalasi o'rin almashadi.
  4. 4"Joylashuvni saqlash" tugmasini bosing — "Qavat rejasi saqlandi" xabari chiqadi.
  5. 5Fikringizdan qaytsangiz, "Bekor qilish" — hech narsa saqlanmaydi.

21.4. Bino qo'shish va tahrirlash

Sahifa: /dormitory

Yangi bino — chapdagi ro'yxat ostidagi "Bino qo'shish" tugmasi bilan. Mavjud binoni tahrirlash uchun uning qatoriga sichqonchani olib borsangiz, o'ng chetida qalam belgisi paydo bo'ladi. Bu yerda kiritilgan ma'lumot (rasm, narx, qulayliklar, komendant, xarita nuqtasi) talabaning MOBIL ILOVASIDA ham ko'rinadi.

Bino formasi — yuqori qismi
Bino formasi — yuqori qismi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Forma sarlavhasi"Bino ma'lumotlari mobil ilovada ham ko'rinadi" degan eslatma bilan.
2Bino rasmiTalaba ilovasida shu rasm ko'rinadi.
3Rasmni almashtirish / olib tashlashJPG, PNG yoki WebP fayl tanlanadi.
4Nomi *Majburiy: masalan "1-yotoqxona".
5ManzilKo'cha va uy raqami.
6Qavatlar soni *Majburiy. Xona faqat shu songacha bo'lgan qavatga qo'shiladi.
7BlokBino bloki (A, B...) — bo'lsa.
8Joriy holatTizim o'zi hisoblaydi: nechta xona, joy, band va bo'sh. Qo'lda kiritilmaydi.
9Bekor qilishSaqlamasdan yopadi.
10SaqlashBino ma'lumotlarini saqlaydi.
Bino formasi — narx, qulayliklar, komendant va xarita
Bino formasi — narx, qulayliklar, komendant va xarita
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Narx va reytingBo'lim sarlavhasi.
2Narx (dan), so'mEng arzon xona narxi — ilovada "... so'mdan" deb ko'rinadi.
3Narx (gacha), so'mEng qimmat xona narxi.
4Reyting (0–5)Binoning umumiy bahosi.
5QulayliklarWi-Fi, Dush, Isitish, Kir yuvish, 24/7 qo'riqlash — bosib yoqiladi/o'chiriladi.
6Tanlangan qulaylikYoqilgan qulaylik ko'k rangda belgilanadi.
7KomendantBo'lim sarlavhasi.
8IsmiKomendant F.I.Sh.
9TelefonKomendant telefon raqami.
10Qabul vaqtiMasalan: 08:30 – 17:30 (Dushanba–Juma).
11Xaritadagi joylashuviBo'lim sarlavhasi.
12Kenglik (latitude)Xarita koordinatasi.
13Uzunlik (longitude)Xarita koordinatasi.
14IzohIlovadagi "Yo'nalish" tugmasi shu nuqtaga olib boradi. To'ldirilmasa, xarita umuman ko'rsatilmaydi.

Eslatma: Qulayliklar ro'yxati qat'iy — faqat shu beshtasi. Ular mobil ilovadagi ikonkalarga bog'langan, shuning uchun ro'yxatga o'zboshimchalik bilan yangi qulaylik qo'shib bo'lmaydi.

21.5. Xona qo'shish va tahrirlash

Sahifa: /dormitory

Yangi xona — reja panjarasining oxiridagi "+ Xona" katagi orqali (ro'yxat ko'rinishida esa "Xona qo'shish" tugmasi bilan). Mavjud xonani tahrirlash — o'ng paneldagi qalam belgisi bilan.

Yangi xona formasi
Yangi xona formasi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Turi *Katak turi: Xona, Sanuzel, Zinapoya, Lift yoki Bo'sh katak.
2Xona raqami *Masalan: 204.
3Qavat *Qaysi qavatga qo'shilishi — odatda ochiq turgan qavat bilan to'ldirilgan bo'ladi.
4Sig'im (necha kishi) *Xonada nechta joy borligi.
5JinsO'g'il bolalar / Qizlar / Belgilanmagan.
6Maydon, m²Xona maydoni.
7Oylik to'lov, so'mBir joyning oylik narxi.
8Xona rasmiIlovada ko'rinadigan rasm.
9Rasmni yuklashJPG, PNG yoki WebP; faylni shu yerga sudrab tashlash ham mumkin.
10QulayliklarXona darajasidagi qulayliklar.
11Bekor qilishSaqlamasdan yopadi.
12Qo'shishXonani qo'shadi. Majburiy maydonlar to'ldirilmaguncha tugma faol bo'lmaydi.
Mavjud xonani tahrirlash
Mavjud xonani tahrirlash
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Sarlavha"<xona raqami> — tahrirlash".
2Xona raqamiO'zgartirish mumkin.
3QavatXonani boshqa qavatga ko'chirish ham shu yerdan.
4Sig'imJoylar soni.
5JinsXona kimlar uchun.
6OgohlantirishXonada yashovchi bo'lsa: "Xonada 4ta talaba yashayapti — sig'im shundan kam bo'la olmaydi".
7Maydon, m²Xona maydoni.
8Oylik to'lovBir joyning oylik narxi.
9Xona rasmiRasmni yuklash yoki almashtirish.
10QulayliklarYoqilganlari ko'k rangda.
11O'chirishXonani butunlay o'chiradi (faqat ichida yashovchi bo'lmasa).
12Bekor qilishSaqlamasdan yopadi.
13SaqlashO'zgarishlarni saqlaydi.
"Turi" ro'yxati — katak turlari
"Turi" ro'yxati — katak turlari
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Turi ro'yxatiBosilganda beshta variant chiqadi.
2XonaHaqiqiy xona: sig'im, jins va narx maydonlari ko'rinadi.
3SanuzelXizmat katagi.
4ZinapoyaXizmat katagi.
5LiftXizmat katagi.
6Bo'sh katakRejadagi bo'sh joy.

Qavat rejasidagi katak turlari

HolatRangiNimani bildiradi
XonaKo'kHaqiqiy xona — sig'imi bor, joy hisobiga kiradi.
SanuzelKulrangXizmat katagi — joy hisobiga kirmaydi.
ZinapoyaKulrangXizmat katagi.
LiftKulrangXizmat katagi.
Bo'sh katakOqRejadagi bo'sh o'rin.

Diqqat: Turi "Xona" dan boshqasiga o'zgartirilsa, sig'im, jins va narx maydonlari formadan yo'qoladi — xizmat katagida ular ma'noga ega emas. Ichida talaba yashayotgan xonani o'chirib bo'lmaydi: avval yashovchilar chiqariladi.

21.6. Qavat qo'shish

Sahifa: /dormitory

Binoda yangi qavat ochilsa, chapdagi qavatlar ro'yxati ostidagi "Qavat qo'shish" tugmasi bosiladi (Rasm 57, 9). Tugma binoning qavatlar sonini bittaga oshiradi va ekran darhol yangi qavatga o'tadi — u boshida 0 xona bilan turadi, keyin "+ Xona" orqali xonalar qo'shiladi.

Eslatma: Bazada qavat alohida ro'yxat emas — u binoning "Qavatlar soni" maydoni. Shu sababli avval qavat qo'shilmasa, yangi qavatga xona qo'shib bo'lmaydi (tizim ruxsat bermaydi). Qavatlar sonini bino formasidan (21.4) ham o'zgartirish mumkin.