NIU

2. Asosiy oyna bilan tanishuv

Qo'llanma · Boshlash

2.1. Boshqaruv paneli (bosh sahifa)

Sahifa: /

Tizimga kirganingizdan keyin birinchi bo'lib shu oyna ochiladi. U ikki qismdan iborat: chapdagi ko'k yon menyu va o'ngdagi ish maydoni.

Boshqaruv paneli — asosiy oyna
Boshqaruv paneli — asosiy oyna
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Yon menyuTizimning barcha bo'limlari shu yerda. Kerakli bo'lim nomiga bosiladi.
2Umumiy qidiruvTalaba, xodim, hujjat yoki bo'limni ism bo'yicha tez topish (2.3-bo'lim).
3Kampus tanlashBir necha kampus bo'lsa, qaysi kampus ma'lumotini ko'rishni tanlash.
4Qo'ng'iroq (bildirishnomalar)Yangi xabar va ogohlantirishlar soni. Bosilsa, ro'yxat ochiladi.
5Savol belgisi (yordam)Yordam ma'lumotlari.
6Quyosh belgisiKunduzgi/tungi (qorong'i) ko'rinishni almashtirish.
7Ismingiz va rolingizBosilsa, profil menyusi ochiladi: shaxsiy kabinet va Chiqish (2.5-bo'lim).
8Asosiy ko'rsatkichlarTalabalar soni, davomat, o'rtacha baho, kunlik tushum kabi umumiy raqamlar.
9GrafiklarO'zgarishlar dinamikasi. Davrni (masalan, "6 oy") o'zgartirish mumkin.
10Tezkor ogohlantirishlarE'tibor talab qiladigan muammolar ro'yxati.
11Menyuni yig'ishYon menyuni toraytirib, ish maydonini kengaytirish.

Eslatma: Bosh sahifadagi raqamlar sizning rolingizga qarab farq qiladi. Oddiy xodimda faqat o'ziga tegishli ko'rsatkichlar chiqadi.

2.2. Yon menyu bilan ishlash

Yon menyudagi ko'p bo'limlar ichida kichik bo'limlar (ro'yxat) bor. Bo'lim nomi yonida o'ng tomonga qaragan strelka bo'lsa, demak uning ichida ro'yxat bor.

"Talabalar" bo'limi ochilgan holat
"Talabalar" bo'limi ochilgan holat
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Bo'lim nomiBir marta bosilsa — ichki ro'yxat ochiladi. Yana bosilsa — yopiladi.
2Ichki bo'limlarKerakli sahifani tanlang. Tanlangan sahifa ko'k rangda ajralib turadi.
3StrelkaPastga qaragan bo'lsa — ro'yxat ochiq, o'ngga qaragan bo'lsa — yopiq.

2.3. Umumiy qidiruv

Yuqoridagi qidiruv qatoriga ism, familiya yoki bo'lim nomining bir qismini yozsangiz, natijalar darhol pastda chiqadi. Sahifalar orasida kezib yurish shart emas.

Qidiruv natijalari
Qidiruv natijalari
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Qidiruv qatoriBu yerga yozishni boshlang — kamida 3 ta harf.
2Toifa nomiNatijalar toifalarga bo'lingan: Talabalar, Xodimlar, Hujjatlar va h.k.
3Natijalar ro'yxatiKerakli qatorga bosilsa, o'sha shaxs yoki hujjat sahifasi ochiladi.

2.4. Bildirishnomalar oynasi

Qo'ng'iroq belgisi ustidagi qizil raqam — o'qilmagan bildirishnomalar soni.

Qo'ng'iroq bosilganda ochiladigan oyna
Qo'ng'iroq bosilganda ochiladigan oyna
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Qo'ng'iroq belgisiBosilsa, oxirgi bildirishnomalar ro'yxati ochiladi.
2BildirishnomalarKo'k nuqta — hali o'qilmagan. Bosilsa, batafsil ochiladi.
3Barchasini ko'rishBildirishnomalar markazi sahifasiga o'tadi (6-bo'lim).

2.5. Profil menyusi va tizimdan chiqish

Ism ustiga bosilganda ochiladigan menyu
Ism ustiga bosilganda ochiladigan menyu
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Ism va rolO'ng yuqori burchakdagi ismingizga bosing.
2To'liq profilShaxsiy kabinetni ochadi (3-bo'lim).
3SozlamalarShaxsiy sozlamalar.
4ChiqishTizimdan chiqish. Ish tugagach albatta bosing.

2.6. Ro'yxat (jadval) sahifalarida takrorlanadigan elementlar

Tizimdagi deyarli barcha bo'limlar bir xil ko'rinishdagi ro'yxat sahifasidan iborat. Quyidagi elementlar har bir ro'yxatda uchraydi va hamma joyda bir xil ishlaydi — shuning uchun ular keyingi bo'limlarda har safar qayta tushuntirilmaydi.

№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
▢Belgilash katakchasi (qator boshida)Bir yoki bir nechta qatorni tanlash. Tanlangach yuqorida ommaviy amallar (eksport, xabar yuborish, o'chirish) chiqadi. Sarlavhadagi katakcha — sahifadagi hammasini tanlaydi.
⇅Ustun sarlavhasidagi strelkalarUstun nomiga bosilsa ro'yxat shu ustun bo'yicha saralanadi (A→Z), yana bosilsa teskari (Z→A).
👁Ko'z belgisiYozuvni ochib ko'rish (o'zgartirmasdan).
✎Qalam belgisiYozuvni tahrirlash.
⋯ / ⋮Uch nuqta"Amallar" menyusi — shu qator uchun qo'shimcha amallar (nusxalash, arxivlash, o'chirish, xabar yuborish va h.k.).
🗑Savat belgisiO'chirish. Tasdiqlash so'raladi. O'chirilgan yozuv qaytmaydi — ehtiyot bo'ling.
10 ▾Sahifadagi qatorlar soniBir sahifada nechta qator ko'rsatish (10/25/50/100).
‹ 1 2 3 ›SahifalarKeyingi/oldingi sahifaga o'tish. |‹ va ›| — birinchi/oxirgi sahifa.
1–8 / 8HisoblagichNechtadan nechtasi ko'rsatilayotgani.
EksportEksport tugmasiJoriy ro'yxatni (filtrlar hisobga olinib) Excel/CSV/PDF faylga yuklab olish.
Filtrlarni tozalashFiltrlarni tozalashBarcha tanlangan filtrlarni bekor qilib, to'liq ro'yxatni qaytaradi.
FaolRangli holat nishoni (badge)Yozuvning holati. Yashil — yaxshi/tugallangan, sariq — kutilmoqda, qizil — muammo, ko'k — jarayonda, kulrang — arxiv/bekor. Har bo'limning holatlari ro'yxati o'sha bo'limda keltirilgan.
Talabalar › Talaba profiliYo'l (breadcrumb)Sahifa yuqorisida qaysi bo'limda turganingiz. Oldingi so'zga bosib orqaga qaytish mumkin.
BugunSana tanlagichSana maydoniga bosilsa kalendar ochiladi. "Bugun" tugmasi joriy kunga qaytaradi. Oraliq tanlash uchun avval boshlanish, keyin tugash sanasi bosiladi.

Eslatma: Ko'k tugma — sahifadagi asosiy amal (Yangi..., Saqlash). Oq tugma — ikkinchi darajali amal (Eksport, Bekor qilish). Kulrang (xira) tugma — hozir ishlamaydi: yo ruxsat yo'q, yo avval biror narsani tanlash kerak.