NIU

1. Tizimga kirish

Qo'llanma · Boshlash

Sahifa: /signin

Brauzerda erp.niuedu.uz manzilini oching. Quyidagi kirish oynasi chiqadi.

Tizimga kirish oynasi
Tizimga kirish oynasi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Til tanlashTizim tilini (O'zbekcha, Ruscha, Inglizcha) o'zgartirish.
2Kirish usuli"Parol bilan" — login va parol orqali. "SMS kod" — telefon raqamiga keladigan kod orqali.
3Login yoki telefonSizga berilgan login (yoki telefon raqamingiz) shu yerga yoziladi.
4ParolParolingiz. Katta-kichik harflar farqlanadi.
5Ko'z belgisiBosilsa, yozilgan parol ko'rinadi — to'g'ri yozganingizni tekshirish uchun.
6Kirish tugmasiLogin va parol yozilgach shu tugma bosiladi.
7Parolni unutdingizmi?Parol esdan chiqqan bo'lsa, shu havola orqali tiklanadi.

Qadam-baqadam: tizimga kirish

  1. 1Brauzerni oching va manzil qatoriga erp.niuedu.uz deb yozing, Enter bosing.
  2. 2"Parol bilan" (2) tanlanganiga ishonch hosil qiling.
  3. 3Login (3) va parol (4) maydonlarini to'ldiring.
  4. 4"Kirish" (6) tugmasini bosing. Bir necha soniyadan keyin asosiy oyna ochiladi.
  5. 5Agar ikki bosqichli himoya (2FA) yoqilgan bo'lsa, telefoningizga kelgan kodni kiriting.

Diqqat: Login va parolni birinchi marta kadrlar bo'limi yoki IT bo'limi beradi. Parolni hech kimga aytmang va qog'ozga yozib monitorga yopishtirmang.

Eslatma: Ishni tugatgach, ayniqsa umumiy kompyuterda, albatta "Chiqish" tugmasini bosing (3-bo'limga qarang).