Qo'llanma · CRM va qabul
Sahifa: /crm
Lead — universitetga qiziqish bildirgan potensial abituriyent (sayt, Instagram, Telegram, qo'ng'iroq orqali). Har bir lead kartochka ko'rinishida bosqichlar bo'ylab suriladi: Yangi → Bog'lanildi → Suhbat → Kontrakt → Yopildi.

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Kanban ko'rinish | Bosqichlar ustunlar ko'rinishida. |
| 2 | Ro'yxat | Oddiy jadval ko'rinishi. |
| 3 | Manba filtri | Lead qayerdan kelgan: sayt, Instagram, Telegram, tavsiya... |
| 4 | Qidiruv | Ism yoki telefon bo'yicha. |
| 5 | Filtrlar | Qo'shimcha saralash. |
| 6 | Guruhlash | Kartochkalarni operator yoki manba bo'yicha guruhlash. |
| 7 | Yangi lead | Yangi abituriyentni qo'lda kiritish (masalan, telefon qilgan bo'lsa). |
| 8 | Ustunlar (bosqichlar) | Kartochkani sichqoncha bilan ushlab keyingi ustunga sudrab o'tkazish mumkin. |
| 9 | Yana ... ta lead | Ustundagi qolgan kartochkalarni ko'rsatish. |
| 10 | Eksport | Leadlarni faylga chiqarish. |
| Holat | Rangi | Nimani bildiradi |
|---|---|---|
| Yangi | Ko'k | Endigina kelgan murojaat, hali bog'lanilmagan. |
| Bog'lanildi | Sariq | Operator qo'ng'iroq qildi yoki yozdi. |
| Suhbat | Binafsha | Abituriyent qiziqish bildirdi, suhbat/uchrashuv bo'lmoqda. |
| Kontrakt | To'q sariq | Ariza topshirdi, shartnoma bosqichida. |
| Yopildi | Yashil/Kulrang | Yakun: talaba bo'ldi (yashil) yoki rad etildi/yo'qotildi (kulrang, sababi bilan). |
Lead kartochkasidagi belgilar: manba (Instagram, Telegram, Facebook, YouTube, Veb-sayt, Tavsiya, Ofis/tadbir), telefon, sana. Kartochka ichida: izohlar, qo'ng'iroq tarixi, rejalashtirilgan aloqa (Rejalashtirilgan → Bajarildi), hujjatlar (Kutilmoqda / Tasdiqlangan / Yetishmayapti). CRM menyusidagi boshqa sahifalar: "Nomzodlar" (ishga nomzodlar), "Qabul boshqaruvi" (qabul kampaniyasi: Qoralama → E'lon qilingan → Qabul ochiq → To'xtatilgan → Yopildi; kvotalar), "Shartnomalar", "Agentlar" (abituriyent olib keluvchi agentlar: Tasdiqlanmagan → Faol → Bloklangan), "Lid konstruktori" (lead formasi maydonlarini sozlash).
Sahifa: /crm/applications

| № | Rasmda nima | Bu nima uchun kerak |
|---|---|---|
| 1 | Ko'rsatkichlar | Jami, ko'rib chiqilmoqda, qabul qilindi, rad etildi. |
| 2 | Qidiruv | F.I.O yoki telefon bo'yicha. |
| 3 | Filtrlar | Yo'nalish, kampus, status, qabul yili, hujjat holati. |
| 4 | Filtrlarni tozalash | Filtrlarni bekor qilish. |
| 5 | Eksport | Ro'yxatni faylga chiqarish. |
| 6 | Arizachi | Bosilsa, ariza sahifasi: hujjatlar, imtihon natijasi, shartnoma. |
| 7 | Status | Qoralama → Yuborilgan → Ko'rib chiqilmoqda → Qabul qilindi / Rad etildi. |
| 8 | Amallar | Ko'rish, tahrirlash, o'chirish. |
| 9 | Hujjatlar | Nechta majburiy hujjatdan nechtasi yuklangan (masalan, 2/3). |
Diqqat: Hujjatlar 3/3 to'liq bo'lmagan arizani "Qabul qilindi" holatiga o'tkazmang — avval abituriyentga yetishmayotgan hujjatni yuklashini so'rab xabar yuboring.
| Holat | Rangi | Nimani bildiradi |
|---|---|---|
| Qoralama | Kulrang | Abituriyent arizani boshlagan, yubormagan. |
| Yuborilgan | Ko'k | Ariza yuborildi, ko'rib chiqish navbatida. |
| Ko'rib chiqilmoqda | Sariq | Qabul komissiyasi hujjatlarni tekshirmoqda. |
| Suhbat | Binafsha | Suhbatga (yoki imtihonga) taklif qilingan. |
| Kontrakt | To'q sariq | Qabul qilindi, shartnoma tuzilmoqda. |
| Qabul qilindi | Yashil | Yakuniy qaror — talaba sifatida ro'yxatga olinadi. |
| Rad etildi | Qizil | Ariza rad etilgan. |
Hujjat holati (har bir yuklangan fayl uchun): Fayl kutilmoqda → Tasdiqlangan / Rad etilgan. Imtihon natijasi (bo'lsa): Tayinlangan → Imtihonga kirdi → Topshirdi → O'tdi / O'ta olmadi / Kelmadi / Shubhali harakat.