NIU

17. Moliya bo'limi: to'lovlar va qarzdorlar

Qo'llanma · Moliya

17.1. Moliya boshqaruv paneli

Sahifa: /finance

Moliya paneli
Moliya paneli
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1To'lov qabul qilishTalabadan to'lovni qo'lda kiritish (kassa, bank o'tkazmasi).
2Hisobot yaratishMoliyaviy hisobot tuzish.
3Ko'rsatkichlarUmumiy tushum, kontrakt tushumi, joriy qarzdorlik, o'tgan muddatli qarz.
4Tushum dinamikasiOylar kesimida tushum grafigi.
5Tushum manbalariKontrakt, yotoqxona, boshqa xizmatlar bo'yicha taqsimot.
6Qarzdorlik taqsimotiFakultetlar bo'yicha qarz summasi va ulushi.
7To'lov eslatmalariBugun eslatish kerak, 3 kundan oshgan va muddati o'tgan qarzdorlar soni.
8So'nggi to'lovlarOxirgi kelib tushgan to'lovlar ro'yxati.
9Tezkor amallarKontrakt yaratish, to'lov qaytarish, hisobotni eksport qilish.

17.2. To'lovlar

Sahifa: /finance/payments

To'lovlar ro'yxati
To'lovlar ro'yxati
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Yangi to'lovTo'lovni qo'lda kiritish.
2EksportRo'yxatni faylga chiqarish.
3Ko'rsatkichlarJami, tasdiqlangan, kutilayotgan, rad etilgan va qaytarilgan to'lovlar.
4FiltrlarSana oralig'i, to'lov turi, kanal (bank, Payme, Click...), status, kampus.
5Holat bo'yicha tablarBarcha / Tasdiqlangan / Kutilmoqda / Rad etilgan / Qaytarilgan.
6TalabaBosilsa, talaba profili (To'lovlar bo'limi) ochiladi.
7To'lov IDTranzaksiya raqami (TX-...). Bank kvitansiyasi bilan solishtirish uchun.
8StatusTasdiqlangan — pul hisobga tushgan. Kutilmoqda — tekshirilishi kerak.
9AmallarKo'z — batafsil; hujjat belgisi — kvitansiyani yuklab olish.
10To'lovlar kesimiKontrakt va boshqa to'lovlar ulushi, kanallar bo'yicha taqsimot.
  1. 1"Yangi to'lov" (1) tugmasini bosing.
  2. 2Talabani qidirib tanlang, summa, to'lov turi (kontrakt/yotoqxona), kanal va sanani kiriting.
  3. 3Kvitansiya rasmini biriktiring (bo'lsa) va "Saqlash" ni bosing.
  4. 4To'lov "Kutilmoqda" holatida tushadi; moliya mas'uli tekshirib "Tasdiqlash" ni bosgach, talabaning qarzi kamayadi.

To'lov holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
TasdiqlanganYashilPul hisobga tushgan, talaba qarzi kamaytirilgan.
KutilmoqdaSariqKiritilgan, lekin moliya tasdiqlamagan (kvitansiya tekshirilmoqda).
Rad etilganQizilTasdiqlanmadi (noto'g'ri summa, soxta kvitansiya va h.k.).
QaytarilganBinafshaTo'lov talabaga qaytarib berilgan.

Kanal — pul qaysi yo'l bilan kelgan: Bank o'tkazmasi, Kassa, Payme, Click, Uzum va h.k. To'lov turi: Kontrakt to'lovi, Yotoqxona, Imtihon to'lovi, Boshqa. Moliya menyusidagi boshqa sahifalar: "Talaba kontraktlari" (shartnoma summasi va holati: Qoralama → Kutilmoqda → Imzolangan / Bekor qilingan), "Yo'nalish narxlari" (yillik kontrakt narxlari), "Stipendiyalar", "Ish haqi", "Byudjet", "Hisobotlar".

17.3. Qarzdor talabalar

Sahifa: /finance/debtors

Qarzdorlar ro'yxati
Qarzdorlar ro'yxati
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Xabar yuborishBelgilangan talabalarga (yoki barchasiga) SMS/push eslatma yuborish.
2Filtrlarni tozalashFiltrlarni bekor qilish.
3Ko'rsatkichlarJami qarzdorlar, jami qarz, o'rtacha qarz, 30+ kunlik qarz, qarzdorlik darajasi.
4FiltrlarFakultet, guruh, qarz miqdori.
5Belgilash katakchasiBir nechta talabani tanlab, ularga birdaniga eslatma yuborish.
6Eslatma yuborishBitta talabaga eslatma yuborish.
7AmallarKo'rish, to'lov kiritish, boshqa amallar.
8EksportRo'yxatni faylga chiqarish.
9MuddatiNecha kundan beri qarzdor — qizil rangda.

Eslatma: Eslatma yuborishdan oldin talaba to'lovi bugun tasdiqlanmaganini tekshiring — bank o'tkazmasi 1–2 kun kechikishi mumkin.

Qarzdorlik darajalari

HolatRangiNimani bildiradi
QarzdorQizilTo'lov muddati o'tgan, qarz bor.
QismanSariqQisman to'langan.
To'langanYashilQarz yo'q.