NIU

15. O'quv bo'limi: o'qituvchilar, fanlar, kurslar, imtihonlar

Qo'llanma · O'quv jarayoni

15.1. O'qituvchilar ro'yxati

Sahifa: /teachers

Barcha professor-o'qituvchilar ro'yxati, ularning kafedrasi, lavozimi, ilmiy darajasi va dars yuklamasi. Ochish: yon menyu → "O'quv jarayoni" → "O'qituvchilar".

O'qituvchilar ro'yxati
O'qituvchilar ro'yxati
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1EksportRo'yxatni Excel faylga chiqarish.
2Yangi o'qituvchiYangi o'qituvchi qo'shish (kadrlar/o'quv bo'limi).
3Ko'rsatkichlarJami, faol, ilmiy darajali o'qituvchilar va o'rtacha reyting.
4QidiruvF.I.O yoki email bo'yicha.
5FiltrlarKafedra, lavozim, status.
6O'qituvchi ismiBosilsa, o'qituvchi profili (darslari, yuklamasi, reytingi) ochiladi.
7Ilmiy darajaPhD, DSc va h.k.
8YuklamaJoriy semestrdagi dars soatlari.
9AmallarKo'rish, tahrirlash, dars biriktirish.

O'qituvchi holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
FaolYashilHozir dars berayotgan o'qituvchi.
NofaolKulrangVaqtincha dars bermayotgan yoki ishdan ketgan.

15.2. Fanlar

Sahifa: /subjects

Fanlar ro'yxati
Fanlar ro'yxati
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Yangi fanYangi fan qo'shish.
2EksportRo'yxatni faylga chiqarish.
3Ko'rsatkichlarJami fanlar, majburiy va tanlov fanlar soni, jami kredit.
4QidiruvFan nomi yoki kodi bo'yicha.
5FiltrlarKafedra, kredit, fan turi, status.
6Fan nomiBosilsa, fan sahifasi: o'quv reja, biriktirilgan o'qituvchi va guruhlar.
7KodFanning tizimdagi noyob kodi (HEMIS bilan mos).
8KreditFanning kredit miqdori.
9Fan turiMajburiy yoki Tanlov.
10AmallarTahrirlash, o'qituvchi biriktirish, arxivlash.

Fan turlari va holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
Majburiy—Barcha talabalar o'qiydigan fan.
Umumkasbiy—Yo'nalish bo'yicha kasbiy fan.
Tanlov—Talaba o'zi tanlaydigan fan.
FaolYashilJoriy o'quv rejada bor.
NofaolKulrangO'quv rejadan chiqarilgan.

Fakultetlar, Yo'nalishlar, Guruhlar va Fanlar yon menyuda bitta joyda — "Akademik tuzilma" bo'limida; sahifa tepasidagi tablar orqali biridan ikkinchisiga o'tiladi. O'quv jarayoni menyusidagi boshqa sahifalar: "O'quv reja" (semestrlar bo'yicha fanlar va kreditlar; holatlari: Loyihada → Faol → Yakunlangan), "Amaliyot" (talabalar amaliyoti; holatlari: Rejalashtirilgan → Faol → Yakunlangan / Bekor qilingan).

Eslatma: "Biriktirilmagan" (O'qituvchi ustuni) — bu fanga hali o'qituvchi tayinlanmagan. Dars jadvali tuzishdan oldin o'qituvchi biriktiring.

15.3. Onlayn kurslar (LMS)

Sahifa: /courses

Masofaviy darslar, modullar va topshiriqlar shu yerda yuritiladi. O'qituvchi o'z kursiga materiallar va topshiriqlar joylaydi, talabalar ilova orqali o'qiydi va topshiradi.

Onlayn kurslar
Onlayn kurslar
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Kurs qo'shishYangi onlayn kurs yaratish.
2Ko'rsatkichlarJami va faol kurslar, modullar, topshiriqlar, o'rtacha progress.
3FiltrlarFan, o'qituvchi, holat.
4Kurs nomiBosilsa, o'ng tomonda kurs kartochkasi ochiladi.
5AmallarKo'rish, statistika, tahrirlash.
6Tanlangan kursKurs haqida qisqa ma'lumot va progress.
7Kursni ko'rishKurs ichiga kirish — modullar va darslar.
8Modul qo'shish / Topshiriq yaratishKursga yangi mavzu yoki topshiriq qo'shish.

Kurs va topshiriq holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
Qoralama (kurs)KulrangKurs tayyorlanmoqda, talabalar ko'rmaydi.
Faol (kurs)YashilTalabalar kursga kirib o'qishi mumkin.
Arxivlangan (kurs)KulrangKurs yakunlangan.
TopshirdiKo'kTalaba topshiriqni yubordi, baholanmagan.
BaholandiYashilO'qituvchi baho qo'ydi.
QaytarildiSariqO'qituvchi qayta ishlashga qaytardi.

Kurs ichida ("Kursni ko'rish"): modullar → darslar (video, o'qish materiali, amaliyot, test, muhokama) → topshiriqlar. "Onlayn kurslar → kurs → Topshiriqlar" sahifasida talabalar yuborgan ishlar ro'yxati va baholash oynasi.

15.4. Imtihonlar

Sahifa: /exams

Onlayn testlar va imtihonlar. Savollar banki tuziladi, imtihon yaratiladi, guruhlarga biriktiriladi, natijalar avtomatik hisoblanadi.

Imtihonlar ro'yxati
Imtihonlar ro'yxati
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Imtihon yaratishYangi imtihon: nomi, fani, guruhlari, vaqt limiti, savollar soni.
2Savollar bankiFanlar bo'yicha test savollari ombori. Avval savollar kiritiladi, keyin imtihon tuziladi.
3EksportNatijalarni faylga chiqarish.
4Ko'rsatkichlarJami, loyiha, rejalashtirilgan, faol va yakunlangan imtihonlar.
5FiltrlarFan, guruh, holat, sana, imtihon turi.
6Imtihon nomiBosilsa, imtihon sahifasi: savollar, javoblar, statistika, nazorat (proktoring).
7HolatLoyiha → Rejalashtirilgan → Faol → Yakunlangan.
8NatijalarYakunlangan imtihon natijalari.
9AmallarKo'rish, tahrirlash, boshlash, yakunlash.
  1. 1"Savollar banki" (2) ga kirib, fan bo'yicha savollarni kiriting (yoki fayldan yuklang).
  2. 2"Imtihon yaratish" (1) tugmasini bosing, fan, guruh, sana-vaqt va vaqt limitini belgilang.
  3. 3Imtihon "Loyiha" holatida saqlanadi. Tayyor bo'lgach uni "Rejalashtirilgan" qiling — talabalarga bildirishnoma boradi.
  4. 4Imtihon vaqti kelganda u avtomatik "Faol" bo'ladi. Yakunlangach natijalar (8) ustunida ko'rinadi.

Imtihon holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
LoyihaKulrangTayyorlanmoqda, talabalar ko'rmaydi.
RejalashtirilganSariqE'lon qilingan, belgilangan vaqtda boshlanadi.
FaolYashilHozir o'tkazilmoqda, talabalar topshirmoqda.
YakunlanganKo'kTugagan, natijalar tayyor.

Imtihon sahifasi ichidagi bo'limlar: "Savollar", "Javoblar" (har bir talabaning urinishi: Jarayonda / Topshirdi / Vaqt tugadi), "Statistika" (o'tdi/o'tmadi, o'rtacha ball), "Nazorat (proktoring)" (imtihon paytidagi shubhali harakatlar jurnali).