NIU

7. Talabalar

Qo'llanma · Talabalar

7.1. Talabalar ro'yxati

Sahifa: /students

Universitetdagi barcha talabalar ro'yxati. Kerakli talabani ism, fakultet, kurs yoki holat bo'yicha topish mumkin.

Talabalar ro'yxati
Talabalar ro'yxati
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Ism bo'yicha qidirishIsm yoki familiyaning bir qismini yozing.
2FiltrlarFakultet, kurs, ta'lim shakli, status bo'yicha saralash.
3Qo'shimcha filtrlarYana ko'proq mezonlar (guruh, qabul yili va h.k.).
4Filtrlarni tozalashBarcha filtrlarni bekor qilish.
5Yangi talabaYangi talaba qo'shish (faqat ruxsati borlar uchun).
6EksportRo'yxatni Excel faylga yuklab olish.
7Talaba ismiBosilsa, talaba profili ochiladi (7.2-bo'lim).
8Amallar (uch nuqta)Tez amallar: ko'rish, tahrirlash, xabar yuborish.
9Ko'rsatkichlarJami, faol, arxivdagi, bitiruvchi va qarzdor talabalar soni.

Talaba holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
FaolYashilHozir o'qiyotgan talaba.
Akademik ta'tilSariqBuyruq bilan rasmiylashtirilgan akademik ta'til.
Ta'tildaTo'q sariqVaqtinchalik uzilish (akademik ta'til rasmiylashtirilmagan).
ChetlashtirilganQizilO'qishdan chiqarilgan. Arxivda saqlanadi.
BitirganBinafshaUniversitetni tamomlagan.
Ko'chirilganKulrangBoshqa kampusga ko'chirilgan (qo'lda tanlanmaydi).

Holatni o'zgartirish tartibi 7.3-bo'limda batafsil ko'rsatilgan.

Ta'lim shakli: Kunduzgi, Sirtqi, Kechki. To'lov shakli: Kontrakt yoki Grant. Bu qiymatlar filtrlarda (2) va talaba profilida ko'rinadi.

  1. 1Yon menyu → "Talabalar" → "Talabalar ro'yxati".
  2. 2Qidiruv maydoniga (1) familiyani yozing yoki filtrlardan (2) foydalaning.
  3. 3Ro'yxatdan kerakli talaba ismiga (7) bosing.

7.2. Talaba profili — sarlavha qismi

Sahifa: /students

Ro'yxatdan talaba ismiga bosilsa, uning profili ochiladi. Sahifa ikki qismdan iborat: yuqorida talaba haqidagi asosiy ma'lumot va amal tugmalari, pastda esa 15 ta bo'lim (tab). Qaysi tabda turganingiz manzil qatorida ham saqlanadi (masalan .../students/120?tab=Baholar) — shu havolani nusxalab hamkasbingizga yuborsangiz, u aynan shu bo'limni ochadi.

Talaba profili — sarlavha va bo'limlar qatori
Talaba profili — sarlavha va bo'limlar qatori
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Talaba rasmiPasport rasmi. Rasm yuklanmagan bo'lsa, ism-familiya bosh harflari ko'rinadi. Rasm "Tahrirlash" oynasidan almashtiriladi.
2F.I.Sh.Talabaning to'liq ismi — hujjatdagidek.
3Holat yorlig'iTalabaning joriy holati (Faol, Akademik ta'til...). Bu shunchaki yozuv emas — bosilsa holatni o'zgartirish paneli ochiladi (7.3-bo'lim).
4Talaba IDTalabaning tizimdagi shaxsiy raqami. Qidiruvda, to'lov izohida va ma'lumotnomalarda shu raqam ishlatiladi.
5TahrirlashTalaba ma'lumotlarini o'zgartirish oynasini ochadi (7.4-bo'lim).
6Xabar yuborishTalabaning o'ziga tizim ichida xabar yozish oynasi.
7Qo'shimcha amallar (uch nuqta)Ota-onaga xabar va hujjatlarga o'tish (7.5-bo'lim).
8Asosiy kartochkalarGuruh, kurs, fakultet, ta'lim shakli, qabul yili va o'quv tili. Guruh biriktirilmagan bo'lsa — chiziqcha (—) turadi.
9Aloqa qatoriTelefon, email, yashash manzili va JSHSHIR. Bu ma'lumotlar maxfiy.
10Bo'limlar qatori (tablar)15 ta bo'lim. Ekranga sig'masa, qator o'ngga suriladi (sichqoncha g'ildiragi yoki barmoq bilan).

Diqqat: Talabaning pasport ma'lumotlari, JSHSHIR va manzili — shaxsiy ma'lumot. Ekranni suratga olish, chop etish yoki uchinchi shaxsga ko'rsatish taqiqlanadi.

7.3. Talaba holatini o'zgartirish

Sahifa: /students

Talaba akademik ta'tilga chiqsa, o'qishdan chetlashtirilsa yoki bitirsa — uning holati o'zgartiriladi. Buning uchun alohida sahifa yo'q: sarlavhadagi rangli holat yorlig'ining o'ziga bosiladi.

"Statusni o'zgartirish" paneli
"Statusni o'zgartirish" paneli
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Panel sarlavhasi"Statusni o'zgartirish" — panel holat yorlig'i bosilganda ochiladi.
2Joriy statusHozirgi holat qaysi ekanini eslatib turadi.
3FaolHozir o'qiyotgan talaba.
4Akademik ta'tilRasmiy akademik ta'til (buyruq asosida).
5Ta'tildaQisqa muddatli ta'til/uzilish — akademik ta'til rasmiylashtirilmagan holat.
6ChetlashtirilganO'qishdan chetlashtirilgan.
7BitirganUniversitetni tamomlagan.
8Ogohlantirish"Status o'zgarishi faoliyat tarixiga yoziladi" — kim, qachon o'zgartirgani saqlanadi.
9Bekor qilishPanelni o'zgartirishsiz yopadi.
10TasdiqlashTanlangan holatni saqlaydi. Shundan keyingina yorliq rangi o'zgaradi.

Talaba holatlari (to'liq ro'yxat)

HolatRangiNimani bildiradi
FaolYashilHozir o'qiyotgan talaba. Dars jadvali, davomat va baho unga tegishli hisoblanadi.
Akademik ta'tilSariqBuyruq bilan rasmiylashtirilgan akademik ta'til. Talaba ro'yxatda qoladi, lekin faol o'qimaydi.
Ta'tildaTo'q sariqVaqtinchalik uzilish (akademik ta'til rasmiylashtirilmagan).
ChetlashtirilganQizilO'qishdan chetlashtirilgan. Ma'lumotlari o'chirilmaydi — arxivda qoladi.
BitirganBinafshaUniversitetni tamomlagan (bitiruvchi).
Ko'chirilganKulrangBoshqa kampusga ko'chirilgan. Bu holat ro'yxatdan QO'LDA tanlanmaydi — u faqat "ko'chirish" amali natijasida avtomatik qo'yiladi.
  1. 1Talaba profilini oching.
  2. 2Ism yonidagi rangli holat yorlig'iga (Rasm 15, 3) bosing.
  3. 3Ro'yxatdan yangi holatni tanlang — yonida ko'k belgi paydo bo'ladi.
  4. 4"Tasdiqlash" tugmasini bosing. Yorliq rangi va nomi darhol o'zgaradi.
  5. 5O'zgarish to'g'ri yozilganini "Faoliyat tarixi" tabidan tekshirishingiz mumkin.

Diqqat: Panelda "sabab" va "amal qilish sanasi" maydonlari yo'q — tizim faqat holatning o'zini saqlaydi. Sabab kerak bo'lsa, uni "Izohlar" tabiga yozib qo'ying yoki tegishli buyruqni "Hujjatlar" tabiga yuklang. Chetlashtirish va akademik ta'til rasman buyruq bilan rasmiylashtiriladi — tizimdagi holatni buyruqsiz o'zgartirmang.

7.4. Talaba ma'lumotlarini tahrirlash

Sahifa: /students

"Tahrirlash" tugmasi o'ng tomondan chiquvchi katta oynani ochadi. Oyna uch bo'lakdan iborat: rasm va shaxsiy ma'lumotlar, aloqa ma'lumotlari, qabul ma'lumotlari. Yulduzcha (*) bilan belgilangan maydonlar majburiy.

Tahrirlash oynasi — rasm va shaxsiy ma'lumotlar
Tahrirlash oynasi — rasm va shaxsiy ma'lumotlar
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Talaba rasmiJoriy rasm ko'rinadi.
2Rasm yuklashYangi rasm tanlash: JPEG, PNG yoki WebP, 10 MB gacha.
3O'chirishRasmni olib tashlaydi (bosh harflar qoladi).
4Familiya *Majburiy maydon.
5Ism *Majburiy maydon.
6SharifiOtasining ismi (ixtiyoriy).
7Tug'ilgan sanaKalendardan tanlanadi yoki kk.oo.yyyy shaklida yoziladi.
8JinsiErkak / Ayol.
9FuqaroligiMasalan: O'zbekiston Respublikasi fuqarosi.
10JSHSHIR14 xonali shaxsiy identifikatsiya raqami.
11Pasport seriyasiMasalan: AD1234567.
12Ma'lumotlarni topishPasport va JSHSHIR bo'yicha davlat bazasidan ma'lumotni tortib olishga urinadi (ulanish sozlangan bo'lsa).
13Bekor qilishO'zgarishlarni saqlamasdan yopadi.
14SaqlashBarcha o'zgarishlarni saqlaydi.
Tahrirlash oynasi — aloqa ma'lumotlari
Tahrirlash oynasi — aloqa ma'lumotlari
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Aloqa ma'lumotlari bo'limiOynani pastga aylantirsangiz shu bo'lim chiqadi.
2Telefon *Asosiy raqam. Talaba mobil ilovaga SHU raqam orqali kiradi — noto'g'ri yozilsa, talaba tizimga kira olmaydi.
3Qo'shimcha telefonIkkinchi raqam (ota-ona yoki qarindosh raqami).
4EmailUniversitet yoki shaxsiy pochta.
5Doimiy manzilPropiska bo'yicha manzil.
6Vaqtinchalik manzilHozir yashab turgan joyi (ijara, yotoqxona).
Tahrirlash oynasi — qabul (o'quv) ma'lumotlari
Tahrirlash oynasi — qabul (o'quv) ma'lumotlari
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Qabul ma'lumotlari bo'limiTalabaning o'qishga oid ma'lumotlari.
2FakultetRo'yxatdan tanlanadi.
3GuruhTalaba biriktiriladigan o'quv guruhi. Guruh tanlanmaguncha dars jadvali va davomat bo'sh turadi.
4Yo'nalishTa'lim yo'nalishi (masalan: Filologiya va tillarni o'qitish).
5Ta'lim shakliKunduzgi / Sirtqi / Kechki.
6Kontrakt turiKontrakt yoki Grant.
7Qabul yiliTalaba o'qishga kirgan yil.
8Imtiyoz turiMasalan: nogironligi bo'yicha, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila. Imtiyoz foizi "Imtiyoz" tabida beriladi.
9StatusHolatni shu yerdan ham o'zgartirish mumkin — natija 7.3 dagi panel bilan bir xil.
10O'quv tiliO'zbek / Rus / Ingliz.

Diqqat: Guruhni almashtirish — jiddiy amal: talabaning dars jadvali, davomati va baholari yangi guruhga bog'lanadi. Guruh o'zgarishi ham "Faoliyat tarixi" ga yoziladi.

7.5. Qo'shimcha amallar menyusi

Sahifa: /students

"Xabar yuborish" yonidagi uch nuqta tugmasi qisqa menyuni ochadi.

Uch nuqta menyusi
Uch nuqta menyusi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Uch nuqtaMenyuni ochadi.
2Xabar yuborishTalabaning o'ziga xabar (ilova ichida, SMS yoki email).
3Ota-ona/vasiyga xabarTalabaga biriktirilgan ota-ona yoki vasiyga xabar. Ota-ona biriktirilmagan bo'lsa, avval "Ota-ona" tabidan biriktiriladi.
4Hujjatlar"Hujjatlar" tabini ochadi.

7.6. Profil bo'limlari (tablar) — har biri alohida

Sahifa: /students

Quyida 15 ta bo'limning har biri alohida tushuntirilgan. Bo'lim ochilganda ma'lumot yo'q bo'lsa, "Ma'lumot topilmadi" degan yozuv chiqadi — bu xato emas, shunchaki hali yozuv kiritilmagan degani.

1) Umumiy

Sahifa ochilganda birinchi shu bo'lim ko'rinadi (Rasm 15). Unda beshta kartochka bor: "Shaxsiy ma'lumotlar" (tug'ilgan sana, jinsi, fuqaroligi, pasport, JSHSHIR), "Aloqa ma'lumotlari" (telefon, email, doimiy va vaqtinchalik manzil), "Oila / vasiy" (ota-ona ma'lumoti — biriktirilmagan bo'lsa shunday deb yoziladi), "Qabul ma'lumotlari" (qabul yili, ta'lim shakli, kontrakt turi, imtiyoz turi) va "Joriy status" (holat, joriy bosqich, oxirgi yangilanish sanasi). O'ng tomonda esa GPA ko'rsatkichi (5 ballik shkalada, semestrlar kesimi bilan) va davomat ko'rsatkichi turadi.

2) Baholar

"Baholar" bo'limi — transkript
"Baholar" bo'limi — transkript
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Baholar transkriptiTanlangan semestrdagi barcha fanlar.
2Semestr tanlashRo'yxatdan boshqa semestrni tanlash mumkin.
3#Tartib raqami.
4KreditFanning kredit soni.
5Fan turiMajburiy yoki Tanlov.
6Oraliq nazorat (60%)Semestr davomida to'plangan ball.
7Yakuniy imtihon (40%)Imtihonda olingan ball.
8Yakuniy ball (100%)Ikkalasining yig'indisi.
9BahosiHarfli baho (A, B, C...).
10GPA ballShu fan bo'yicha 5 ballik ekvivalent.
11GPA ko'rsatkichiUmumiy o'rtacha ball va uning izohi (A'lo, Qoniqarli...).
12Semestrlar ro'yxatiHar bir semestr GPA'si alohida ko'rsatiladi.

Baho va GPA belgilari

HolatRangiNimani bildiradi
AYashil86–100 ball — a'lo.
BKo'k71–85 ball — yaxshi.
CSariq60–70 ball — qoniqarli.
F / NCQizil60 balldan past — o'zlashtirmadi, qayta topshiriladi.
Baho qo'yilmaganKulrangO'qituvchi hali ball kiritmagan (chiziqcha — turadi).

Eslatma: Bu bo'lim faqat ko'rish uchun. Bahoni o'zgartirish o'qituvchi tomonidan "Imtihonlar" yoki "Baholar jurnali" orqali amalga oshiriladi.

3) Davomat

"Davomat" bo'limi
"Davomat" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Umumiy davomatFoizda: kelgan darslar / belgilangan darslar.
2Kelgan darslarNechta darsga kelgani.
3SababsizSababsiz qoldirilgan darslar soni.
4SababliSababi tasdiqlangan (ma'lumotnoma) qoldirishlar.
5KechikishKechikib kelgan darslar soni.
6Davomat jurnaliHar bir dars bo'yicha alohida qator.
7SanaDars sanasi va vaqti.
8FanQaysi fan darsi.
9HolatKeldi / Kelmadi / Sababli / Kechikdi.
10IzohSabab yozuvi (bo'lsa).
11ManbaDavomat qanday belgilangani: turniket, QR, geolokatsiya yoki qo'lda.

Davomat holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
KeldiYashilTalaba darsda bo'lgan.
KelmadiQizilSababsiz qoldirgan (jurnalda "Kelmagan (S)" ko'rinishida ham chiqadi).
SababliKo'kSababi tasdiqlangan qoldirish — ma'lumotnoma yoki buyruq asosida.
KechikdiSariqDarsga kech kelgan.

Davomat manbalari

HolatRangiNimani bildiradi
TurniketKo'kKirish nazorati (turniket) kartasi orqali avtomatik.
QRBinafshaAuditoriyadagi QR kodni skanerlash orqali.
GeolokatsiyaMoviyMobil ilovadagi joylashuv bo'yicha check-in.
Qo'ldaKulrangO'qituvchi jurnalda qo'lda belgilagan.

4) To'lovlar

"To'lovlar" bo'limi
"To'lovlar" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Kontrakt summasiJoriy o'quv yili uchun jami shartnoma summasi.
2To'langanShu paytgacha tushgan pul.
3QoldiqTo'lanmagan qismi.
4Keyingi to'lovGrafik bo'yicha eng yaqin to'lov muddati.
5To'lov bajarilishiFoizli chiziq: to'langan / jami.
6FoizBajarilish foizi.
7To'lovlar tarixiHar bir to'lov alohida qator.
8SanaTo'lov sanasi.
9SummaTo'langan miqdor.
10To'lov usuliBank o'tkazmasi, Payme, Click, naqd va h.k.
11KvitansiyaFayl biriktirilgan bo'lsa, shu ustundan ochiladi.
12StatusTo'lovning holati.

To'lov holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
TasdiqlanganYashilPul kelib tushgan va hisobga olingan.
KutilmoqdaSariqTo'lov yaratilgan, lekin bank/gateway hali tasdiqlamagan.
QaytarilganKo'kPul talabaga qaytarib berilgan.
Rad etilganQizilTo'lov amalga oshmagan yoki bekor qilingan.

5) Shartnoma

"Shartnoma" bo'limi
"Shartnoma" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Shartnoma raqamiHujjat raqami va u tegishli o'quv yili.
2Shartnoma summasiShartnomadagi qiymat.
3To'langanShu shartnoma bo'yicha to'langan summa va foizi.
4QoldiqTo'lanmagan summa.
5Shartnoma ma'lumotlariBatafsil jadval.
6Shartnoma turiStandart yoki imtiyozli.
7O'quv yiliQaysi o'quv yiliga tegishli.
8Amal qilish muddatiBoshlanish va tugash sanasi.
9Shartnoma qiymatiSummasi so'mda.
10Imzo holatiQoralama / Imzo kutilmoqda / Imzolangan / Bekor qilingan.
11Hujjat tugmalari"Ko'rish", "Yuklab olish" va "Hujjatni qayta shakllantirish" (PDF ni yangidan yasaydi).

Shartnoma imzo holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
QoralamaKulrangHujjat tayyorlanmoqda, imzoga chiqmagan.
Imzo kutilmoqdaSariqTalaba yoki universitet imzosi kutilmoqda.
ImzolanganYashilIkkala tomon imzolagan — hujjat kuchga kirgan.
Bekor qilinganQizilShartnoma bekor qilingan.

Eslatma: Shartnoma tuzilmagan bo'lsa, bo'limda "Shartnoma tuzilmagan" yoki grant talabalar uchun "Grant — shartnoma yo'q" yozuvi chiqadi.

6) Qarzdorlik

"Qarzdorlik" bo'limi
"Qarzdorlik" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Kontrakt jamiBarcha kurslar bo'yicha umumiy shartnoma summasi.
2To'langanJami to'langan summa.
3QoldiqMuddati kelmagan qismi ham kiradi.
4QarzdorlikMuddati kelgan, lekin to'lanmagan qarz — asosiy raqam shu.
5Qarzdorlik holatiUmumiy xulosa: qarzdor yoki qarzdor emas.
6Holat yorlig'iRangli belgi: Qarzdor emas / Qarzdor.
7To'lov bajarilishiFoizli chiziq.
8Kurslar bo'yicha qarzdorlikHar bir kurs (1-kurs, 2-kurs...) alohida qatorda.
9KursQaysi kurs uchun.
10KontraktO'sha kurs shartnomasi summasi.
11To'langanO'sha kurs uchun tushgan pul.
12Ortiqcha to'lovOrtiqcha tushgan summa (keyingi kursga o'tkaziladi).
13QarzdorlikMuddati kelgan qarz.
14HolatKurs bo'yicha holat yorlig'i.

Qarzdorlik holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
Qarzdor emasYashilMuddati kelgan qarz yo'q.
MuddatidaKo'kTo'lovlar grafik bo'yicha ketmoqda.
QarzdorQizilMuddati o'tgan to'lov bor.
Muddati kelmaganSariqSumma hali to'lanmagan, lekin muddati ham yetmagan.
Ortiqcha to'lovBinafshaKerakdan ortiq pul tushgan.
BoshlanmaganKulrangO'quv yili hali boshlanmagan — to'lov muddati kelmagan.

7) Imtiyoz

"Imtiyoz" bo'limi
"Imtiyoz" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1ImtiyoziBo'lim sarlavhasi.
2#codeTalaba kodi.
3#idTizim ichidagi raqami.
4Imtiyozsiz / ImtiyozliUmumiy holat yorlig'i.
5Kurslar kartochkalari1-kursdan 5-kursgacha imtiyoz summasi alohida.
6Kurs blokiHar bir kurs uchun alohida forma va u tegishli yil.
7ShartnomaShu kurs uchun shartnoma summasi.
8Shartnomani o'chirishBelgilansa, shu kurs uchun shartnoma hisobdan chiqariladi.
9IzohImtiyoz sababi yoziladi (buyruq raqami, asos).
10SaqlashKiritilgan imtiyozni saqlaydi — natija darhol "Qarzdorlik" hisobiga ta'sir qiladi.

Diqqat: Imtiyoz foizda ham, so'mda ham kiritilishi mumkin; tizim ikkinchisini o'zi hisoblaydi ("Foizdan hisoblandi" / "Summadan hisoblandi" deb yozib qo'yadi). Imtiyoz asossiz kiritilmasin — u talabaning to'lov qarzini kamaytiradi.

8) Ota-ona

"Ota-ona" bo'limi
"Ota-ona" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Ota-ona / vasiyBo'lim sarlavhasi. Biriktirilgan ota-onalar ro'yxati shu yerda chiqadi.
2Mavjud ota-onani biriktirishTizimda allaqachon ro'yxatdan o'tgan ota-onani qidirib topib, shu talabaga bog'laydi (masalan, aka-uka bir ota-onaga tegishli bo'lsa).
3Ota-ona qo'shishYangi ota-ona kartochkasini yaratadi: F.I.Sh., telefon, qarindoshlik darajasi.
4Bo'sh holat yozuvi"Bu talabaga ota-ona biriktirilmagan".
5Tezkor havolaXuddi shu "Ota-ona qo'shish" amali.

Biriktirilgandan keyin har bir ota-ona qatorida: ismi, qarindoshligi (ota, ona, vasiy), telefoni, mobil ilovaga kira olishi va ruxsat darajasi ko'rsatiladi. Qarindoshlik ko'rsatilmagan bo'lsa — "Qarindoshlik ko'rsatilmagan" deb yoziladi.

9) Hujjatlar

"Hujjatlar" bo'limi
"Hujjatlar" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Jami hujjatlarYuklangan fayllar soni.
2PasportPasport nusxasi yuklangani (1) yoki yo'qligi (0).
3Diplom / attestatTa'lim hujjati.
4ShartnomaShartnoma nusxasi.
5Talaba hujjatlariRo'yxat sarlavhasi.
6QidiruvHujjat nomi bo'yicha.
7Hujjat turiTuri bo'yicha filtr (Pasport, Diplom, Shartnoma, Boshqa).
8Hujjat yuklashYangi fayl qo'shadi: PDF, JPG, PNG yoki DOCX, 20 MB gacha.
9Ro'yxat ustunlariHujjat nomi, turi, yuklangan sana, hajmi va kim yuklagani.
10Ko'rish (ko'zcha)Faylni brauzerda ochadi.
11Yuklab olishFaylni kompyuterga saqlaydi.
12O'chirish (savat)Faylni o'chiradi — bu amalni qaytarib bo'lmaydi.
13Hujjatlar to'liqligiMajburiy hujjatlarning necha foizi yuklanganini ko'rsatadi.
14Yetishmayotgan hujjatlarQaysi hujjatlar hali yo'qligi ro'yxati (masalan: Rasm, Shartnoma, Tibbiy ma'lumotnoma).

10) Faoliyat tarixi

"Faoliyat tarixi" bo'limi
"Faoliyat tarixi" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Voqealar filtri"Barcha voqealar" — turini tanlab saralash mumkin.
2Jami voqealarUmumiy yozuvlar soni.
3Status o'zgarishiHolat necha marta o'zgargani.
4Guruh o'zgarishiGuruh almashtirilgan hollar soni.
5QabulQabul bilan bog'liq voqealar.
6Talaba faoliyat tarixiVaqt bo'yicha tartiblangan ro'yxat.
7Sana va vaqtVoqea qachon bo'lgani.
8Mas'ulKim bajargani (xodim ismi yoki "Tizim").
9Voqea yorlig'iVoqea turi rangli yorliq bilan.
10Voqealar turlariDiagramma: qaysi turdagi voqealar necha foiz.
11Mas'ullarKim eng ko'p o'zgartirish kiritgani.

Faoliyat tarixidagi voqea turlari

HolatRangiNimani bildiradi
QabulYashilTalaba o'qishga qabul qilingan (birinchi yozuv).
Status o'zgarishiKo'kHolat o'zgartirilgan (7.3-bo'lim).
Guruh o'zgarishiBinafshaBoshqa guruhga o'tkazilgan.
TizimKulrangXodim emas, tizim o'zi bajargan amal (import, avtomatik hisob).

Eslatma: Bu jurnal o'chirilmaydi va tahrirlanmaydi — nizoli holatlarda "kim, qachon, nimani o'zgartirgan" degan savolga aynan shu bo'lim javob beradi.

11) Dars jadvali

"Dars jadvali" bo'limi (guruh biriktirilmagan holat)
"Dars jadvali" bo'limi (guruh biriktirilmagan holat)
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Bo'sh holat yozuviTalabaga guruh biriktirilmagan yoki jadval hali tuzilmagan bo'lsa, "Ma'lumot topilmadi" chiqadi.

Guruh biriktirilgan talabada bu bo'lim shaxsiy haftalik jadvalni ko'rsatadi: haftadagi darslar soni, fanlar soni, o'qituvchilar, auditoriyalar va bo'sh kunlar; toq/juft hafta ajratiladi. "PDF yuklab olish" tugmasi jadvalni A4 albom varag'i ko'rinishida chiqaradi — uni chop etib talabaga berish mumkin.

12) Fanlar

"Fanlar" bo'limi
"Fanlar" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1QidiruvFan nomi yoki o'qituvchi bo'yicha.
2Fan filtriBarcha fanlar / majburiy / tanlov.
3Jami fanlarJoriy o'quv rejadagi fanlar soni.
4Jami kreditUmumiy kredit hajmi.
5Majburiy fanlarMajburiy fanlar soni.
6Tanlov fanlarTalaba tanlagan fanlar soni.
7O'rtacha progressFanlarning o'rtacha o'zlashtirilishi.
8O'quv rejasidagi fanlarRo'yxat sarlavhasi.
9Fan nomi va kodiFan va uning tizimdagi kodi.
10O'qituvchiFan biriktirilgan o'qituvchi.
11Kredit va fan turiKredit soni, Majburiy/Tanlov.
12ProgressFoizli chiziq — fan qanchalik o'tilgani.
13Joriy baho va statusTo'plangan ball, harfli baho va o'zlashtirish holati.
14Kreditlar taqsimotiDiagramma: majburiy va tanlov kreditlar ulushi.

Fan bo'yicha o'zlashtirish holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
O'zlashtirdiYashilFan yopilgan, baho qo'yilgan.
JarayondaKo'kSemestr davom etmoqda.
O'zlashtirmadiQizilBall yetmagan — qayta topshirish kerak.
BoshlanmaganKulrangFan keyingi semestrda o'tiladi.

13) Izohlar

"Izohlar" bo'limi
"Izohlar" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Yangi izohXodimlar uchun ichki eslatma yozish maydoni.
2Izoh matni"Izoh yozing..." — masalan: "Ota-onasi bilan bog'lanildi, to'lov 15-sentabrgacha va'da qilindi".
3Tepaga qadashBelgilansa, izoh ro'yxatning eng tepasida turadi (muhim eslatma).
4SaqlashIzohni qo'shadi: kim va qachon yozgani avtomatik yoziladi.

Diqqat: Izohlarni talaba KO'RMAYDI — bu faqat xodimlar uchun ichki yozuv. Shunga qaramay, kamsituvchi yoki shaxsiy baho beruvchi so'zlar yozilmasin: izoh tekshiruvda hujjat sifatida ko'rilishi mumkin.

14) SMS log

"SMS log" bo'limi
"SMS log" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Jami xabarTalabaga yuborilgan barcha xabarlar soni.
2SMSSMS orqali yuborilganlari.
3YetkazildiQurilmaga yetib borganlari.
4YuborilmadiXatolik bilan tugaganlari.
5QidiruvSarlavha yoki matn bo'yicha.
6Kanal filtriSMS / Email / Push / Ilova ichida.
7Holat filtriYuborilgan, yetkazilgan, o'qilgan va h.k.
8SanaXabar yuborilgan vaqt.
9KanalQaysi kanal orqali ketgani.
10XabarSarlavha va matn boshi.
11Kim yubordiXodim ismi yoki "Tizim" (avtomatik xabar).
12HolatXabarning yakuniy holati.
13SahifalashRo'yxat uzun bo'lsa, sahifalarga bo'linadi.

Xabar holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
NavbatdaKulrangYuborishga qo'yilgan, hali jo'natilmagan.
YuborildiKo'kOperatorga/serverga topshirilgan.
YetkazildiYashilQabul qiluvchining qurilmasiga yetib borgan.
O'qildiBinafshaTalaba xabarni ochib o'qigan (ilova ichidagi xabarlar uchun).
YuborilmadiQizilXatolik: raqam noto'g'ri, balans yetmagan yoki qurilma tokeni eskirgan.

15) Kirish ma'lumotlari

"Kirish ma'lumotlari" bo'limi
"Kirish ma'lumotlari" bo'limi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Kirish ma'lumotlariTalabaning tizimga/mobil ilovaga kirish sozlamalari.
2Telefon raqamiKirish shu raqam orqali amalga oshadi (SMS kod).
3Joriy raqamHozirgi raqam ko'rinadi.
4O'zgartirishRaqamni almashtirish.
5LoginParol bilan kirish uchun — telefon o'rniga ishlatiladigan nom.
6Joriy loginOdatda "s" harfi va talaba kodidan iborat.
7O'zgartirishLoginni almashtirish (harf yoki raqamdan boshlanadi; nuqta, tire va pastki chiziq mumkin).
8ParolParol holati: o'rnatilgan yoki yo'q.
9O'rnatilganMavjud parolni KO'RSATIB bo'lmaydi — u qaytarib bo'lmaydigan holda saqlanadi.
10Tasodifiy parol yaratishTizim yangi parol o'ylab topadi va uni SMS orqali talabaga yuboradi; ekranda bir marta ko'rinadi.
11Parolni o'zim kiritamanParolni qo'lda belgilash.

Diqqat: Talabaning parolini so'ramang va uni qog'ozga yozib bermang. Talaba parolni unutgan bo'lsa — "Tasodifiy parol yaratish" tugmasini bosing: yangi parol unga SMS orqali boradi. Yangi parol yaratilganda talabaning barcha ochiq seanslari tugatiladi.