NIU

6. Bildirishnomalar markazi

Qo'llanma · Kundalik ish

Sahifa: /notifications

Bu bo'lim orqali talabalar, ota-onalar yoki xodimlar guruhiga ommaviy xabar yuboriladi: ilova ichida (push), SMS yoki email orqali. Oddiy xodimlar bu yerda faqat o'zlariga kelgan bildirishnomalarni ko'radi; yuborish huquqi tegishli bo'limlarga beriladi.

Bildirishnomalar markazi
Bildirishnomalar markazi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Bildirishnoma yaratishYangi ommaviy xabar tayyorlash.
2ShablonlarOldindan tayyorlangan matnlar (masalan, to'lov eslatmasi).
3Ko'rsatkichlarJami, yuborilgan, rejalashtirilgan, navbatdagi va o'qilish foizi.
4FiltrlarKanal (SMS/push/email), auditoriya, holat, sana bo'yicha saralash.
5QidiruvSarlavha yoki matn bo'yicha.
6Ro'yxatHar bir bildirishnoma: kimga, qachon, nechtaga yetib bordi, nechtasi o'qidi.
7Amallar (uch nuqta)Ko'rish, qayta yuborish yoki o'chirish.

Bildirishnoma holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
NavbatdaKulrangYuborish navbatiga qo'yilgan, hozir jo'natilmoqda.
RejalashtirilganSariqBelgilangan sana-vaqtda avtomatik yuboriladi.
YuborildiYashilBarcha qabul qiluvchilarga jo'natildi. Yetkazildi / O'qildi / Bosildi ustunlari natijani ko'rsatadi.

Kanal belgilari: qo'ng'iroq — ilova ichidagi (push) xabar; xat — email; telefon/xabar — SMS. Yetkazildi — qurilmaga yetib bordi; O'qildi — foydalanuvchi ochdi; Bosildi — xabardagi havolaga bosdi.

Qadam-baqadam: bildirishnoma yaratish

  1. 1"Bildirishnoma yaratish" (1) ni bosing.
  2. 2Sarlavha va matnni yozing (yoki "Shablonlar" dan tayyorini tanlang).
  3. 3Auditoriyani tanlang: barcha talabalar, ma'lum guruh/fakultet, xodimlar yoki qo'lda tanlangan foydalanuvchilar.
  4. 4Kanalni tanlang: push (ilova), SMS, email — bir nechtasini birga tanlash mumkin.
  5. 5"Hozir yuborish" yoki "Rejalashtirish" (sana-vaqt bilan). SMS pullik — oldin qabul qiluvchilar sonini tekshiring.