NIU

13. Kadrlar: ta'til va safar arizasi

Qo'llanma · Kadrlar

13.1. Mehnat ta'tillari sahifasi

Sahifa: /hr/leaves

Ta'til, xizmat safari yoki boshqa turdagi arizalar tizim orqali beriladi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Ochish: yon menyu → "Kadrlar" → "Mehnat ta'tillari".

Mehnat ta'tillari va safar
Mehnat ta'tillari va safar
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Yangi arizaTa'til yoki safar arizasini yaratish (13.2-bo'lim).
2KalendarQaysi kunlarda kim ta'tilda ekani ko'rinadi. Kunga bosilsa, o'sha kun arizalari chiqadi.
3FiltrlarAriza turi, status, bo'lim va sana bo'yicha.
4Arizalar ro'yxatiXodim, tur, sana oralig'i, kunlar soni, mas'ul shaxs.
5StatusKutilmoqda (sariq) → Tasdiqlangan (yashil) yoki Rad etilgan (qizil).
6AmallarKo'z — ko'rish; qalam — tahrirlash; uch nuqta — tasdiqlash/rad etish (rahbar uchun).
7Ta'til turlarini sozlashKadrlar bo'limi uchun: ta'til turlari ro'yxati.
8EksportRo'yxatni faylga chiqarish.

13.2. Yangi ariza berish

Sahifa: /hr/leaves

Yangi ariza oynasi
Yangi ariza oynasi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1XodimKim uchun ariza — odatda o'zingiz.
2Ariza turiMehnat ta'tili, xizmat safari, ish haqisiz ta'til va h.k.
3Sana oralig'iBoshlanish va tugash sanasi.
4Kun soniSanalar tanlangach avtomatik hisoblanadi.
5Mas'ulArizani tasdiqlaydigan rahbar.
6O'rnini bosuvchiSiz yo'qligingizda ishingizni bajaradigan xodim (ixtiyoriy).
7SababQisqacha izoh (majburiy).
8HujjatlarKerak bo'lsa tasdiqlovchi hujjat (PDF, DOC) biriktiriladi.
9SaqlashAriza yuboriladi va rahbarga bildirishnoma boradi.
10Bekor qilishOynani saqlamasdan yopish.
  1. 1"Yangi ariza" (Rasm 41, 1) tugmasini bosing.
  2. 2Ariza turini (2), sanalarni (3), mas'ul rahbarni (5) tanlang va sababni (7) yozing.
  3. 3"Saqlash" (9) tugmasini bosing.
  4. 4Arizangiz ro'yxatda "Kutilmoqda" holatida turadi. Rahbar tasdiqlagach holat "Tasdiqlangan" ga o'zgaradi va sizga bildirishnoma keladi.

Eslatma: Arizani ta'til boshlanishidan kamida bir necha kun oldin bering — rahbar tasdiqlashi uchun vaqt kerak.

Ariza holatlari

HolatRangiNimani bildiradi
KutilmoqdaSariqAriza yuborildi, rahbar hali qaror qilmagan.
TasdiqlanganYashilRahbar tasdiqladi. Kadrlar bo'limi buyruq chiqaradi.
Rad etilganQizilRahbar rad etdi — sababi ariza ichida yoziladi.

Ariza turlari

HolatRangiNimani bildiradi
Mehnat ta'tili—Yillik rejali ta'til.
Kasallik varaqasi—Kasallik sababli (tasdiqlovchi hujjat bilan).
O'quv ta'tili—O'qish/imtihon uchun ta'til.
Xizmat safari—Ish yuzasidan safar (komandirovka).