NIU

4. Topshiriqlar va vazifalar

Qo'llanma · Kundalik ish

Rahbariyat sizga tizim orqali topshiriq beradi. Sizga biriktirilgan barcha topshiriqlar "Topshiriqlar / KPI → Vazifalarim" sahifasida turadi. Muddatida bajarilgan topshiriqlar sizning KPI ko'rsatkichingizga ta'sir qiladi.

4.1. Vazifalarim

Sahifa: /tasks/my

Vazifalarim sahifasi
Vazifalarim sahifasi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Holat kartochkalariJami, bajarilmoqda, tekshiruvda, kechikkan va bajarilgan vazifalar soni.
2QidiruvVazifa nomi bo'yicha qidirish.
3Holat filtriFaqat ma'lum holatdagi vazifalarni ko'rsatish (masalan, faqat "Kechikkan").
4Filtrlarni tozalashBarcha filtrlarni o'chirib, to'liq ro'yxatni qaytaradi.
5Vazifalar ro'yxatiSizga biriktirilgan vazifalar kartochka shaklida chiqadi: nomi, holat yorlig'i (masalan "Kechikkan"), muhimlik darajasi (Yuqori / O'rta / Past), muddat sanasi va nechta kun qolgani/kechikkani, bajarilgan qadamlar (0/4) va topshiriqni bergan xodim.
6Ogohlantirish paneliSariq chiziq: bugun muddati tugaydigan va yaqin 3 kunda tugaydigan vazifalar soni haqida eslatma.

Vazifa holatlari qanday o'zgaradi?

  1. 1Yangi — vazifa sizga endigina biriktirildi.
  2. 2Jarayonda — siz ishni boshladingiz.
  3. 3Tekshiruvda — siz ishni topshirdingiz, rahbar tekshirmoqda.
  4. 4Bajarildi — rahbar ishni qabul qildi. Faqat shu holat "bajarilgan" hisoblanadi.
  5. 5Kechikkan — muddat o'tdi, lekin vazifa qabul qilinmagan.

Diqqat: Vazifani "topshirdim" degani hali "bajardim" degani emas. Rahbar tekshirib qabul qilmaguncha vazifa "Tekshiruvda" turadi. Rahbar qaytarsa, izohni o'qib tuzating va qayta topshiring.

Topshiriq holatlari (ro'yxati)

HolatRangiNimani bildiradi
YangiKo'kTopshiriq yaratildi, mas'ul hali ishni boshlamagan.
JarayondaSariqMas'ul ishni boshlagan.
TekshiruvdaBinafshaMas'ul topshirdi; topshiriq bergan rahbar tekshirmoqda.
BajarildiYashilRahbar qabul qildi. Yakuniy holat.
KechikkanQizilMuddati o'tgan, lekin "Bajarildi" emas. Bu holat qo'lda qo'yilmaydi — tizim o'zi hisoblaydi.

Topshiriq prioritetlari

HolatRangiNimani bildiradi
PastKulrangShoshilinch emas.
O'rtaSariqOdatiy topshiriq (sukut bo'yicha).
YuqoriQizilBirinchi navbatda bajarilishi kerak.

4.2. Topshiriqlar doskasi (rahbarlar va bo'lim boshliqlari uchun)

Sahifa: /tasks

Topshiriq beradigan xodimlar "Topshiriqlar / KPI" sahifasida barcha topshiriqlarni ustunlar (holatlar) bo'yicha ko'radi.

Topshiriqlar doskasi
Topshiriqlar doskasi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1Yangi topshiriqYangi topshiriq yaratish oynasini ochadi (4.3-bo'lim).
2EksportRo'yxatni Excel/CSV faylga yuklab olish.
3FiltrlarMas'ul shaxs, muddat, status va prioritet bo'yicha saralash.
4Ustunlar (holatlar)Yangi → Jarayonda → Tekshiruvda → Bajarildi. Kechikkanlar alohida ustunda.
5Topshiriq kartochkasiBosilsa, batafsil oyna ochiladi: tavsif, fayllar, izohlar, kichik vazifalar.
6StatistikaTopshiriqlar taqsimoti va eng faol mas'ul shaxslar.

4.3. Yangi topshiriq berish

Sahifa: /tasks

Yangi topshiriq oynasi
Yangi topshiriq oynasi
№Rasmda nimaBu nima uchun kerak
1SarlavhaTopshiriq nomi — qisqa va aniq (majburiy).
2Mas'ul shaxsKimga topshirilayotgani. Ro'yxatdan tanlanadi.
3PrioritetPast / O'rta / Yuqori / Shoshilinch.
4StatusOdatda "Yangi" qoldiriladi.
5MuddatiBajarish muddati — sana va soat (majburiy).
6TavsifNima qilish kerakligi batafsil yoziladi.
7Fayl biriktirishKerakli hujjat yoki rasm qo'shish.
8SaqlashTopshiriq yaratiladi va mas'ul shaxsga bildirishnoma boradi.
9Bekor qilishOynani saqlamasdan yopish.
  1. 1"Topshiriqlar / KPI" sahifasida "Yangi topshiriq" tugmasini bosing.
  2. 2Sarlavha (1), mas'ul shaxs (2) va muddat (5) — majburiy maydonlarni to'ldiring.
  3. 3Kerak bo'lsa tavsif (6) yozing va fayl (7) biriktiring.
  4. 4"Saqlash" (8) tugmasini bosing.